jins

Uztransgaz

31.05.2025

Bu orzular qanotida ulg‘ayayotgan farzandlarimiz uchun biz — kattalar — mehrli va xotirjam bolalik muhitini yaratishga mas’ulmiz.

Shu maqsadda, 1-iyun — Bolalarni himoya qilish kuni arafasida “O‘ztransgaz” AJ tomonidan Gʻаfur G‘ulom bog‘i (Dream Park) hududida xodimlar farzandlari uchun quvonchli va esda qolarli bayram tashkil etildi.

Bayram davomida bolalar shodon musiqa ostida quvnoq startlarda qatnashdi, aql va jismoniy faollikni talab qiladigan o‘yinlarda o‘zini sinadi. Animatorlar bilan birga o‘yinlarga berilib ketishdi. Eng qizig‘i, ota-onalar ham chetda turmay, bolalari bilan birga ishtirok etib, musobaqalarda bellashishdi.

Bolalar akva-grim yordamida sevimli ertak qahramonlari obrazida namoyon bo‘lishdi. Tasviriy burchakda ular turli figuralarni bo‘yab, o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishdi. Karting maydonchasida esa harakat va tezlikni yaxshi ko‘ruvchilar mazmunli hordiq chiqarishdi va unutilmas taassurotga ega bo‘lishdi.

Bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Возврат к списку