jins

Uztransgaz

19.07.2022

“O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisining ishonchli vakili M.Baratov Farg‘ona Magistral gaz quvurlari boshqarmasining  tarkibiy tuzilmalarida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda Namangan tarmoq ekspluatatsiya punkti muhandis-metrologi G‘.Maxmudov murojaat bilan chiqdi. Uning muammosi tegishliligi bo‘yicha “O‘ztransgaz” AJga yuborildi.

Farg‘ona MGQBning Qamchiq, Namangan va Xo‘jaobod tarmoq ekspluatatsiya punktlarida o‘tkazilgan sayyor qabullarda murojaatlar bo‘lmadi.

Sayyor qabullar davomida murojaat qilayotgan fuqarolar muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilib, qabullarning natijadorligiga erishish, murojaatlarni xolis va tezkor ko‘rib chiqishga qaratilgan aniq choralar ko‘rildi.

Возврат к списку