jins

Uztransgaz

11.09.2019


“O‘ztransgaz” Aksiyadorlik jamiyati raisi Ulug‘bek Sayidov Qashqadaryolik bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashdi. Tadbirkorlarning bugungi faoliyati, yechimini kutayotan muammolar nimalardan iborat ekanligi bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlarni qiziqtirgan masalalarga oydinlik kiritib, sohada amalga oshirilayotgan islohatlar bo‘yicha fikr almashdi.

Muborak Magistral gaz quvurlari boshqarmasi ”O‘ztransgaz” AJning muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu boshqarma hayotida ham islohotlar davri boshlandi.

Shu kuni Jamiyat Boshqaruvi raisi U. Sayidovning Muboraklik gazchilar bilan uchrashuvida ushbu jamoaning bugungi hayoti, istiqboldagi rejalar, hozirgi mavjud muammolari va ularning yechimi, to‘g‘risida so‘z bordi. Yig‘ilishda boshqarma mas’ullari bilan fikr almashildi. Yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumiga ob’ektlarni tayyorlash holati o‘rganildi va mavjud muammolar muhokama qilindi. Istiqboldagi rejalar haqida fikr almashildi.

Jamiyat rahbari korxona xodimlari uchun yaqin istiqbolda kutilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, tizimdagi islohotlar natijasi Muboraklik hamkasblarimiz hayoti va faoliyatida ham o‘z ifodasini topishiga asosli ishonch borligi haqida gapirib o‘tdi.

 

“O‘ztransgaz” AJ Axborot xizmati

 

Возврат к списку