Bugun Milliy matbuot markazida “Yoqilg‘i-energetika sohasida amaliy ishlar, erishilgan natijalar va mavsumiy vazifalar muhokamasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Uztransgaz
28.10.2025
Anjumanda OAV vakillariga joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar va yil yakunigacha belgilangan rejalar hamda istiqboldagi vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimiz bo‘ylab uzunligi 7 ming 455 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari va 1 ming 748 ta transformator punkti yangilandi.

Buning natijasida 954 ta mahalladagi 800 mingdan ortiq xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi.

Shuningdek, 553,8 km uzunlikdagi yuqori va o‘rta bosimli gaz tarmoqlari hamda 971 ta gaz taqsimlash punktlari yangilandi, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Joriy yil boshidan 512,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, yil yakuniga qadar yana 142,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.