“Buxoro-Ural” magistral gaz quvuri — respublikamiz ichki isteʼmoli uchun gaz tashishga tayyorlanmoqda
28.09.2023
Diametri 1020 mm “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurining 3 ta tarmog‘i 1963-1965 yillarda qurilgan inshootlardir. Mazkur magistral gaz quvurlaridan bugungi kunda respublika ichki isteʼmoli uchun tabiiy gaz uzatishda foydalanilmoqda. Tarmoqning o‘tkazuvchanligini oshirish va ishonchliligini taʼminlash maqsadida quvurdagi nuqsonli qismlar taʼmirlandi. Magistral gaz quvurining 160 kilometrgacha bo‘lgan uchastkasida 12,5 kilometrdan ortiq nuqsonli qismlari almashtirildi va gidro sinov ishlari o‘tkazildi.
“Buxoro-Ural” gaz quvurining 528-550 kilometrida 22 km uzunlikda yangi tarmoq qurilayotgani — muhim tadbirlardan biri sifatida eʼtiborli. Qurilish davom etayotgan uchastkada hozirgacha qariyb 21,5 km quvur payvandlandi. 170 nafardan ortiq ishchi-xodim 50 ga yaqin maxsus texnikadan foydalanib mehnat qilayotgan qurilish maydonida ishlar yakunlanish arafasida.