Chirchiq yo‘nalishidagi magistral gaz quvuri rekonstruksiya qilindi
Uztransgaz
19.06.2025

“Chirchiq-1” gaz quvurining 15-kilometri va “Chirchiq-2” gaz quvurining 18-kilometrida qariyb 1 km qismi rekonstruksiya qilindi. Ayni paytda diametri 720 mm bo‘lgan ushbu tarmoqdagi ta'mirlash ishlarini yakunlandi. Bu tadbir orqali yo‘nalish bo‘ylab tabiiy gaz uzatishda ishonchlilikka erishildi.

Gap shundaki, Toshkent viloyatining turizm salohiyatini oshirish maqsadida “Baytqo‘rg‘on-Parkent” yo‘nalishida yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi rejalashtirilgan. Rekonstuksiya natijasida gaz quvurining temir yo‘l bilan kesishmasidagi muqarrar xavf ham bartaraf etildi.

