jins

Uztransgaz

02.08.2023

Respublika hududidan o‘tadigan tranzit tabiiy gaz hajmini o‘lchash maqsadida joriy yilda “O‘rta Osiyo - Markaz” magistral gaz quvurining IV tarmog‘ida gaz o‘lchash stansiyasini qurish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda quriladigan stansiyaning texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlanmoqda. "O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b X.Xamidov boshchiligidagi mas’ullar “O‘rta Osiyo - Markaz” gaz quvurining Turkmaniston bilan chegaradosh hududida bo‘lib, "Daryalik" GO‘S quriladigan joyni ko‘zdan kechirdi. Yangi stansiyaning joylashuvi va uning texnik imkoniyatlari yana bir bor muhokama qilindi.  

Возврат к списку