“DBST” magistral gaz quvurida sodir bo‘lgan holat bartaraf etildi
Uztransgaz
20.04.2023
Ma'lumot berilganidek, 2023-yil 19-aprel kuni soat 19:45 da fuqaro tomonidan “Samarqand” MGQB dispetcher navbatchisiga Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hududidagi “Ko‘ktosh Bobo” qabristoni yaqinidan o‘tgan “DBST” magistral gaz quvurida kuchli shovqin eshitganligi haqida xabar bergan.
Magistral gaz quvurning taxminan 226-km uchastkasiga to‘g‘ri kelgan voqea oqibatida jabrlanganlar bo‘lmadi. Aniqlanishicha, holat sodir bo‘lgan uchastkada faoliyat olib boruvchi fermerga qo‘shni fermer bo‘lgan A.Hayitov (akasi FVVda ishlovchi mansabdor shaxs topshirig‘iga ko‘ra) tomonidan yollangan va taxminan soat 17:00 dan keyin ogohlantirishsiz kelib dalada yangi ariq kovlash ishlarini bajargan ekskavator (MAN rusumli D/R 10 894 FVV) tomonidan quvurga jiddiy shikast yetkazilgan.

Bu to‘g‘risida barcha hududiy vakolatli organlarga xabar berildi. “O‘ztransgaz”AJ dispetcheri ko‘rsatmasi bilan soat 20:36da va soat 21:10da “DBST” magistral gaz quvurining 215-km. hamda 229 km.da joylashgan berkitish kranlari yopildi. 215-229 km uchastkadagi 2 ta GTS isteʼmolchilariga vaqtincha tabiiy gaz yetkazilishi to‘xtatildi. Samarqand shahri va viloyati isteʼmolchilarini uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida, soat 21:10da 290-km joylashgan berkitish moslama baypas krani to‘liq ochilib, magistral gaz quvurning 229-290 km uchastkasidagi 7 ta GTSga “KS-3” kompressor stansiyasi tomondan revers tarzda tabiiy gaz uzatish tashkil etildi.

Avariyani bartaraf etish uchun soat 2005da 19 nafar avariya tiklash xodimi hamda 4 ta maxsus texnika voqea joyiga jo‘nab ketdi. Tezkor ko‘rilgan chora-tadbir natijasida 20-aprel kuni soat 03:16 da holat to‘liq bartaraf etildi. Hozirda magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish barqaror davom ettirilmoqda.

P.S. Diametri 720 mm “DBST” magistral gaz quvuri uzunligi 150 km. 1960-yilda ishga tushirilgan.
Hurmatli yurtdoshlar!
Magistral gaz quvurlarining atrofidagi muhofaza maydonlaridan foydalanish qoidalariga rioya qiling!
O‘zingizni va boshqalarni xavf ostiga qo‘ymang!