Diqqat: Magistral gaz quvurlari muhofaza zonasi!
Uztransgaz
21.07.2022
Sud qarori bilan mulkingiz ko‘chirilishi yoki buzilishi mumkin.
Magistral gaz quvurlari muhofaza zonasiga doir O‘zbekistonning amaldagi shaharsozlik me’yorlariga rioya qilmaslik, ayniqsa, yer uchastkalarini e-auksion platformalariga chiqarishda, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga yer ajratishda magistral gaz quvurlari himoya zonasini inobatga olmaslik, yoxud shaharsozlik me’yorlariga rioya qilmagan holda o‘zboshimchalik bilan muhofaza zonalarida qurilish ishlarini olib borish, turli shakldagi bino-inshootlar, turar-joylar qurish holatlari ko‘plab uchramoqda.

“O‘ztransgaz” AJga qarashli magistral gaz quvurlari muhofaza zonalarida 2022-yil 1-iyul holatiga jami aniqlangan noqonuniy qurilmalar soni 2432 tani tashkil etmoqda. Shundan sud tartibida chora ko‘rish, ya’ni o‘zboshimchalik bilan, gaz tarmoqlari idoralaridan tegishi ruxsat olmasdan qurilgan binolarni buzish bo‘yicha qaror chiqarib berishni so‘rab tegishli hudud sudlariga 1974 ta ariza kiritilgan. Shundan 798 qurilmani buzish bo‘yicha qaror chiqqan. Yana 458 ta holat bo‘yicha sudga arizalar tayyorlanmoqda. Amaliy natijalar haqida gapiriladigan bo‘lsa, barcha sud jarayonlari tugab, sud qarorlari ijroga qaratilishi natijasida 144 qurilmani ko‘chirishga erishilgan.

Qurilmalarni sud tartibida ko‘chirish maqsadida 1974 ta ariza kiritilgan bo‘lib, 798 ariza qanoatlantirilgan. Bugungi kunda yana 458 ta qurilma bo‘yicha sudga ariza kiritish maqsadida hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda.
2022-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 144 ta qurilmani magistral gaz quvurlari muhofaza zonasidan ko‘chirishga erishilgan.
Shu munosabat bilan, “O‘ztransgaz” AJ er ajratish va er uchastkalarini elektron savdo platformalariga chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan idoralarni hududiy magistral gaz quvurlari boshqarmalari bilan maslahatlashishga, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarni esa, qurilish ishlarini boshlashdan oldin o‘z hududidagi Magistral gaz quvurlari boshqarmalaridan tegishli tartibda ruxsatnoma va xulosa olishga chaqirib qoladi.