jins

Uztransgaz

02.03.2022

Xabar berilganidek, “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, tashkil etilgan doimiy ishchi guruh - tarkibiy bo‘linmalarida gaz transport tizimi inshootlaridagi ishlarning magistral gaz quvurlarni ekspluatatsiya qilish, ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga muvofiq to‘g‘ri tashkil etilganlik holatini o‘rganmoqda. 

Shu kunlarda doimiy ishchi guruh Gazli MGQBda bo'lib turibdi. Ular boshqarmaga qarashli magistral gaz quvurlari, gaz taqsimlash stansiyalari, elektr kimyoviy himoyalash, kompressor stansiyasi xizmatlarining hamda avtotransport va maxsus texnikalar faoliyati, xizmatlarda hujjatlar yuritilishi va joyiga chiqqan holda inshootlarning joriy holatini o‘rganmoqda. 

Bugun boshqarmada Gazli MGQB muhandis-texnik xodimlari va kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolari ishtirokida ishchi guruh olib borgan o'rganish natijalariga bag'ishlangan texnik yig‘ilish o‘tkazildi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda o'rganish davomida aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilib, bartaraf etish choralari belgilandi va ishlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Возврат к списку