jins

Uztransgaz

10.12.2024

"Hududgaz Surxondaryo" hamda "Hududgaz Navoiy" GTFlarning so‘roviga ko‘ra, 2024-yil 10-dekabr kuni "Denov", "Qiziriq" va "Xo‘ja Xasan" gaz taqsimlash stansiyalarida qisqa muddatli ta'mir ishlari bajariladi.

Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi Qumqo‘rg‘on texnik ekspluatatsiya punkti tomonidan amalga oshiriladigan ta'mirlash vaqtida stansiyalardan tabiiy gaz uzatish qisqa muddatga to‘xtatib turiladi. Ishlar tugallanishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Vaqtincha noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz va bu tadbir gaz yetkazib berish barqarorligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotganini eslatib o‘tamiz.

Возврат к списку