jins

Uztransgaz

19.09.2024

“O‘ztransgaz” AJ tomonidan ertaga 20-sentabr kuni “Sõx-Namangan” magistral gaz quvurida olovli ishlari bajariladi. Uning doirasida “Namangan siti” gaz taqsimlash stansiyasi magistral quvurga ulanadi. 

Shu munosabat bilan Namangan viloyatining To'raqo'rg'on, Yangiqo'rg'on va Kosonsoy tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi.

Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz yetkazib berish qayta tiklanadi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste‘molchilardan uzr so‘raymiz va bu chora-tadbirlar gaz ta‘minotining barqarorligi va samaradorligini oshirishga qaratilganligini eslatib o‘tamiz. 

Возврат к списку