E'LON
Uztransgaz
12.07.2023
«O‘ztransgaz» AJ Boshqaruv raisi ishonchli vakili Sh. Boboyev tomonidan joylarda jismoniy va yuridik shaxslar (va ularning vakillari) uchun sayyor qabullar o‘tkazish davom etadi. Muammolarni joyida hal etish va hududiy idoralarga nisbatan talabchanlikni yanada oshirish maqsadida 2023 yilning 14 iyul kuni soat 11:30da Gazli MGQBda va 15 iyul kuni soat 11:00da Kogon MGQBda navbatdagi sayyor qabullar o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.