jins

Uztransgaz

28.08.2021


Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi tegishli Farmoni asosida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi.

Ular orasida "O‘ztransgaz" AJ "Urganchtransgaz" UK rahbari Aminov Aminbay Ataxanovich hamda Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i Orziyev Sherqul Jahonovichning borligi Jamiyat jamoasini behad quvontirdi.

Mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotganlarning fidoyiligi mukofotlandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan ushbu yuksak e’tirof — “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlangan Aminov Aminbay Ataxanovich, Orziyev Sherqul Jahonovichni samimiy tabriklaymiz!

Возврат к списку