E'TIROF
Uztransgaz
10.02.2022

O‘ta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligini taʼminlash va nazorat qilish Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan har yili ko‘rik tanlov o‘tkaziladi. Unda respublikamiz hududida mavjud toifalangan obyektlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilganlik darajasi va bu borada tashkil etilgan tadbirlarga eʼtibor qaratiladi.
2021-yilda o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra “O‘ztransgaz” AJ Toshkent MGQB tasarrufidagi Ohangaron gaz siquv stansiyasi “Xavfsizlik talablariga rioya qilish bo‘yicha eng ilg‘or birinchi toifali obyekt” hamda “O‘ta muhim va toifalangan obyektlardagi eng ilg‘or yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi” nominatsiyalarida g'olib bo'ldi.
– Bunday eʼtirofga erishish uchun jamoamiz va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda doimiy harakatdamiz. Berilgan mukofot esa, xizmat burchlarimizni yanada yaxshiroq bajarishga va belgilangan tartib-qoidalarga masʼuliyat bilan yondoshgan holda yangi muvaffaqiyatlarga undaydi, - deydi Ohangaron GSS boshlig‘i Oybek Jumaniyozov.