Ehtiyot bo‘ling, magistral gaz quvurlari!
Uztransgaz
25.03.2023
Xo‘jaobod gazni yer ostida saqlash inshooti mutaxassislari inshoot atrofidagi yerlardan foydalanayotgan fermer xo‘jaliklariga chiqib, muhofaza hududida ish tashkil qilish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bordi.

Tadbir davomida xo‘jalik rahbarlariga muhofaza maydonida ochiq olovdan foydalanmaslik, 300 metrgacha masofada bino inshootlar qurmaslik, yer qazish va boshqa turdagi ishlarni bajarishdan oldin inshootga yozma ravishda murojaat qilish zarurligi kabilar uqtirildi. Ularga dehqonchilik ishlarida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha bildirish xatlari berildi.