ELEKTR ENERGIYASI, ISSIQLIK, GAZ YOKI SUVDAN NOQONUNIY FOYDALANISH - O‘G‘IRLIK SIFATIDA MALAKALANADI
Uztransgaz
16.03.2023
“Energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun imzolandi (13.03.2023-yil O‘RQ-822-son). Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 2-martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2023-yil 3-martda maʼqullangan, uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur Qonun bilan elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan tijorat maqsadlarida qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog‘liq harakatlar o‘g‘irlik sifatida malakalanadi.
Bundan tashqari, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.
Xususan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga asosan:
umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish o‘g‘irlik deb eʼtirof etiladi, ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanishi mumkin.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga asosan mazkur huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga quyidagi maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin:
BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima (3 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha);
15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan ushbu hujjat 2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi. https://lex.uz/uz/pdfs/6405972