jins

Uztransgaz

22.08.2022

“Shimoliy So‘x” GEOSIda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari avjida.

Elektr energiyasini tejash maqsadida “Shimoliy So‘x” gazni yer ostida saqlash inshooti hududida 50 dona quyosh energiyasida ishlovchi tungi yoritgichlar o‘rnatildi.

Shu bilan birga, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida chiziqli gaz kompressor stantsiyasi agregatlari moy sovutish tizimining filtrlari almashtirildi.

Bundan tashqari, 2-gaz kompressor stantsiyasi gaz sovutish quvurining 400 mm o‘lchamli sharli kranlari ta’mirlanib qayta o‘rnatilgan. 

“O‘ztransgaz”AJ buyrug‘i bilan magistral gaz quvurlari elektr-kimyoviy himoyalanganlik darajasini oshirish maqsadida inshoot sexida 248 dona (EKH) nazorat o‘lchov uskunalari (NO‘U) yasash belgilangan bo‘lib, shu kungacha 100 dan ortiq uskuna yasaldi.

“Shimoliy So‘x” GEOSI 1978-yilda tashkil etilgan inshoot bo‘lib,  unda 3 ta gaz kompressor stansiyasi: KS-1, KS-2 va ChKS (chiziqli kompressor stansiyasi), 2 ta gaz tozalash va quritish sexi, 213 km konlar majmuasi, 1 ta gaz o‘lchash stansiyasi joylashgan. 

“Shimoliy So‘x” gazni yer ostida saqlash inshootiga qarashli gaz saqlash koni 999 gektar yerda 3 ta gaz yig‘ish punktidagi 152 ta gaz qudug‘iga xizmat qiladi. Hozirgi kunda inshootda 330 ishchi-xodim mehnat qiladi.

Возврат к списку