Elektr texnik qurilmalari nazoratda
Uztransgaz
27.04.2023
“Shimoliy So‘x” GYOSI “Elektrotexnik laboratoriya” xizmati elektr qurilmalarini profilaktika, sinov va sozlash ishlarini amalga oshirish, "O‘ztransgaz" AJ ning shu yo‘nalishga sarflanadigan malbag‘larini tejab qolish maqsadida 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Toshkent”, “Farg‘ona” MGQBlari, “Xo‘jaobod” va "Shimoliy So‘x" GYOSI obyektlarida faoliyat olib boradi.

Elektrotexnik laboratoriya 2023-yilgi ish rejasi bo‘yicha yanvar-mart oylarida elektr qurilmalarida profilaktik sinov sozlash ishlari “Shimoliy So‘x” GYOSIda belgilangan edi. Xususan, 354 dona elektr qurilmalarida profilaktik sinov sozlash ishlari bajarildi.

Hozir "Ohangaron" GSS elektr qurilmalarida profilaktik sinov sozlash ishlari bajarilmoqda. Aprel-may oylarida 350 ga yaqin elektr qurilmalari nazoratdan o‘tkaziladi. Natijada elektr qurilmalari xavfsizligi va uzoq muddat xizmat qilishi ta'minlanadi.