jins

Uztransgaz

26.06.2025

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan tizimdagi yosh mutaxassislar o‘rtasida tashkil etilgan intellektual o‘yini mazkur sanaga bag‘ishlandi. 

Yoshlarning bilim darajasini oshirish, ularni jamoaviy ishlash va strategik fikrlashga rag‘batlantirish, shuningdek, tizim tashkilotlari o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan chempionatda "O‘ztransgaz" AJ yoshlari ham faol ishtirok etdi.

Bellashuv savollari nafaqat nazariy bilimlar, balki tezkor qaror qabul qilish qobiliyati va jamoaviy strategiya talab qiladigan yo‘nalishlarda tayyorlangani –  tadbirning qiziqarli o‘tishini ta'minladi.

Tanlov yakunida ishtirokchilarning bilimga chanqoqligi, jamoaviy harakati va sohaviy savodxonligi hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi. Gʻoliblar tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Возврат к списку