Energetika vazirining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uztransgaz
30.09.2025
Onlayn tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda https://gov.uz/oz/minenergy/news/view/89770 xorijiy davlatlarda yoqilg‘i-energetika sohasida tahsil olayotgan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ilmiy izlanish olib borayotgan va xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan 50 nafar yosh ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda yoshlarning rolini oshirish, ularga keng imkoniyatlar, yaxshi sharoitlar yaratib berish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani, Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan doimiy ravishda o‘tkazayotgan uchrashuv va muloqotlari, sohalar rivojida yoshlarning o‘rni nihoyatda katta ekanligi alohida ta’kidlandi.
Oxirgi 6 yil ichida olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yurtimizda umumiy quvvati 4 682 megavatt (quyosh – 3 030 megavatt, shamol – 1 652 megavatt) bo‘lgan 12 ta quyosh va 5 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi va ular “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda. Bundan tashqari, umumiy quvvati 300 megavatt bo‘lgan 2 ta energiya saqlash tizimi hamda umumiy quvvati 3 274 megavatt bo‘lgan 8 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

O‘zbekistondagi birgina quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilning o‘tgan davrida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 8 mlrd kVt·soatdan oshdi. Bu yurtimizda umumiy elektr energiya ishlab chiqarish hajmining 22 foizini “yashil” energiya manbalari tashkil qildi. Bu raqam 2030-yilga borib 54 foizga yetishi rejalashtirilgan.

Mazkur investitsiya loyihalari Saudiya Arabistonining “ACWA Power”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar”, “Tepelen Group AG” va “Amеa Power”, Fransiyaning “Total Energies”, “Voltalia” va “EDF”, Xitoyning “Gezhouba Overseas Investment Group”, “China Datang Overseas Investment” hamda “Universal Energy”, Germaniyaning “Hyper Partners”, “Siemens Energy”, Niderlandiyaning “Stone City Energy”, Qatarning “Nebras”, Yaponiyaning “Sojitz Corporation” va “Kyuden International Corporation”, Turkiyaning “Aksa Enerji”, “Cengiz Enerji” va “Odash Enerji” kabi yirik kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Savol-javob tarzida o‘tgan uchrashuvda Italiya, BAA, Xitoy, Buyuk Britaniya, Malayziya, AQSh, Janubiy Koreya, Polsha va Yaponiya kabi davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida energetika sohasida tahsil olayotgan va kompaniyalarda ishlayotgan yoshlar o‘z takliflari bilan bo‘lishdilar.

Xususan, energetika sohasida yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, sun’iy intellekt asosida boshqaruv samaradorligini oshirish, tabiiy gaz ishlab chiqarishda yangi metodologiyalar ishlab chiqish, iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda o‘simliklardan biogaz olish, energetika sohasida qo‘llaniladigan qurilmalarni zamonaviy modellashtirish hamda bu orqali mahalliylashtirish takliflari qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu takliflarni birgalikda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi hamda har bir yoshga soha mas’ullari biriktirildi.
Qizg‘in va sermazmun o‘tgan ushbu muloqot yakunida bu kabi uchrashuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.