jins

Uztransgaz

26.10.2020

Joriy yilning 24 oktabr kuni Energetika vazirligi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi “Uzbekistan GTL” zavodida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil qilindi.

    Mazkur yirik investitsiya loyihasi Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrda “Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini tashkil etish buyicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

    Loyiha maqsadi – tabiiy gazni qayta ishlash quvvatlarini kengaytirishni davom etish, uglevodorod xomashesi importini qisqartirish, ichki bozorda sifatli va ekologik toza bo‘lgan yoqilg‘iga mavjud bo‘lgan talabni qoniqtirish, respublikamizda mavjud bo‘lgan yer osti boyliklaridan unumli foydalanish va strategik mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish. 

    Loyihaning iqtisodiy tahliliga ko‘ra, zavod ishga tushirilishi bilan, yiliga 1,5 mln. tonnagacha neft mahsulotlar importi kamaytirilishi rejalashtirilmoqda. Zavod yiliga 1,5 mln. tonna yuqori sifatli va ekologik toza bo‘lgan, mavjud bo‘lgan barcha halqaro standartlarining talablariga to‘liq javob beradigan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqaradi. Jumladan, 724,6 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 307,3 ming tonna avia kerosin, 437,3 ming tonna nafta, 53,4 ming tonna suyultirilgan gaz.

    Zavod, dunyoning neftgaz kimyosi sohasida yetakchi hisoblanadigan Sasol (Janubiy Afrika), Haldor Topsoe (Daniya) va Chevron (AQSh) kabi kompaniyalarning texologiyalari asosida loyihalashtirilgan. GTL ya’ni “gazdan-suyuqlikka” texnologiyasi asosida yuqori texnologik zavodalar soni dunyo bo‘ylab sanoqlidir, jumladan Janubiy Afrika, Malayziya va Katar kabi davlatlarida mavjud.

    Qurilish maydonida jami 12 mingga yaqin quruvchilar, muxandis va mutaxassislar jalb qilingan. Jami 750 dona og‘ir va mahsus qurilish texnikasi safarbar etilgan.

    Bugungi kunda umumiy loyiha bajarilishi jami 91 foizga yetdi. Zavodning detal loyihalash ishlari yakunlangan. Qurilish-montaj ishlari 76,3 foizga bajarilgan bo‘lib, bir paytning o‘zida zavodni ishga tushirish oldi va sozlash ishlari parallel ravishda bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda.

    Shuningdek, 24 oktabr kuni press-tur davomida zavodga elektr energiya qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi va zavod podstansiyalari elektr energiyasi bilan ta’minlandi. Yil yakuniga qadar zavodning energoresurslar bilan ta’minlash, ya’ni suv, bug‘, texnik havo ishlab chiqarish texnologik uskunalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Zavodni boshqarish markaziy pultida bugun tuliq sozlash ishlari Honeywell kompaniyasining mutaxassislari bilan hamkorlikda bajarilmoqda. Ushbu markaziy boshqaruv pulti orqali zavodning barcha texgologik jarayonlari va ishlab chiqarish tizimi nazorat qilinadi va boshqariladi.

    GTL zavodi 2020 yilning yaquniga qadar qurilish-montaj ishlarini yakunlaydi va boschiqma-bosqich ishga tushirish ishlari va sozlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. GTL mahsulotlarni ishlab chiqarilishi 2021 yilda boshlanadi.

    Shuningdek, jurnalistlarga 21 oktabr kuni Uzbekistan GTL zavodi ishchilarida noroziliklar yuzasidan ham ma’lumot berildi. Unda oshxonaga kirish uskunalarining vaqtinchalik ishlamay qolgani va ishchilar karantin choralari sabab 45 kun ob’ektda qolib ketishgani sabab bo‘lgan edi. 

    Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun 22 oktabr kuni Energetika vaziri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qashqadaryo viloyati hokimi, “O‘zbekneftgaz” AJ vakillaridan iborat ishchi guruh norozilikda ishtirok etgan ishchilar bilan uchrashib, ko‘tarilgan barcha masalalar to‘liq o‘rganilib, maksimal darajada o‘z yechimini topishiga va ishchilarning keyingi faoliyati va yashash tarzidan xabardor bo‘lib turilishi nazoratga olingan edi.

    Bugungi kunda ko‘tarilgan barcha masalalar ijobiy hal etilgan bo‘lib, 45 kunlik ish muddati 22 kunlikka tushirilgan va ishchilarning barcha talablari to‘liq qondirilgan.

    Press-tur davomida jurnalist va blogerlar ish jarayoni hamda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati


Возврат к списку