Energiya tejamkor chiroqlar, gidrosinov ishlari va nuqsonli quvurlarni almashtirish - G‘allaorol MGQBda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
Uztransgaz
28.07.2022
G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi 3-kompressor stantsiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida gaz haydash agregatlarini ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Stantsiya chang ushlagichlarining ichki ko‘rigi va gidravlik sinovdan o‘tkazish jarayoni ham olib borilmoqda.

Bundan tashqari, stantsiyalarda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish maqsadida quyosh panelli ko‘cha chiroqlari o‘rnatilyapti.

Chuningdek, Yangiyer 3B-KSda favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish maqsadida har hafta chorshanba kuni ob’ekt ishchi xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Hozirda, BGR TBA-A 243-261 kilometrlaridagi 2 tarmoqda gidrosinov ishlari hamda tarmoqning nuqsonli qismlarini almashtirish ishlari o‘tkazilmoqda.