Energiya tejovchi texnologiyalar o‘rnatilyapti
Uztransgaz
29.12.2022
Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasida energiya samaradorlikka erishish maqsadida quvvati 477 кVт bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari, shuningdek 5 ta quyosh suv isitish qurilmasi va 150 ta quyosh panelli svetodiot yoritgichlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Qurilmalarni o‘rnatish hisobiga yiliga o‘rtacha 765 000 кVт.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga erishiladi.
Hozirgi kunlargacha maʼmuriy binoga quvvati 30 кVт bo‘lgan quyosh foto elektr stansiyasi, 6 ta quyosh suv isitish qurilmasi va 92 ta quyosh panelli yoritgichlar o‘rnatildi. Natijada, yiliga o‘rtacha 96 000 кVт.soat elektr energiya iqtisod qilindi.