jins

Uztransgaz

03.06.2024

Quvurlarni yaxlit tarmoq shakliga keltirishda payvandchilarsiz ish bitmaydi. Bir qarashda unchalik qiyin tuyulmagan bu olovli ishga belgilangan texnologiyalarga muvofiq, astoydil yondoshilmasa, yuqori bosim ostidagi o‘tkazuvchanlik quvvatiga erishib bo‘lmaydi. Katta diametrdagi quvurlarni bir-biriga payvandlashdek noqulay va murakkab jarayonda mutaxassis mahorati va tajribasi, uquvi va mohirligi juda muhim.

Xabar berilganidek,  (https://t.me/uztg_uz/2894)“O‘ztransgaz” AJ tizimida ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi xodimlar o‘rtasida "Eng yaxshi payvandchi va tarmoq quvurchisi" tanlovi o‘tkazildi. 

"UTG training" o‘quv markazida 3 kun davom etgan qizg‘in bellashuvlarning yakuniy natijalarga ko‘ra payvandchilar R.Kuryazov, M.Nazarov, A.Axtyamov, tarmoq quvurchilaridan U.Sabriyev, Q.Nurmetov, Sh.Salayev kabi mutaxassislarning ishlari yuqori baholandi. Tanlov g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.





Возврат к списку