"Fakel" xalqaro festivalida "O‘ztransgaz" AJ yoshlari – o‘zbek madaniyatining elchilari
Uztransgaz
21.05.2025
2025-yil 11–17-may kunlari Sochi shahrida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan "Fakel" xalqaro badiiy-ijodiy festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamkorligida "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti vakillari ilk bor ishtirok etishdi.

Festivalga tashrif buyurgan yoshlar delegatsiyasi, nafaqat ijodiy chiqishlar bilan, balki madaniy diplomatiya, do‘stlik va o‘zaro tajriba almashuvi orqali o‘zbek xalqining boy madaniy merosini xalqaro auditoriyaga taqdim etdi. O‘zbek tilidagi kuy-qo‘shiqlar, milliy liboslar, samimiy chiqishlar va ijodiy yondashuvlar mehmonlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Tadbir doirasida tashkilotchilar bilan o‘zaro hamkorlik, xususan, yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalar bo‘yicha fikr almashildi. Bu muloqotlar "O‘ztransgaz" AJ yoshlari uchun katta ilhom va yangi g‘oyalarga boy maydon bo‘ldi.

Festival yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

"O‘ztransgaz" AJ Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti vakillarining bu kabi xalqaro tadbirlardagi faolligi – kelajak avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning madaniy saviyasini oshirish hamda O‘zbekistonni jahon sahnasida munosib namoyish etish yo‘lidagi muhim qadamdir.