Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi mutaxassislari tomonidan diametri 720 mm bo‘lgan "So‘x-Namangan" magistral gaz quvurining II tarmog‘i 55 kilometridagi nuqsonli kran almashtirildi.
Uztransgaz
30.03.2023

Tadbir davomida, quvur ichidagi qoldiq tabiiy gazni behudaga sarf etmaslik maqsadida isteʼmolchilarga tabiiy gaz bosimi o‘ta minimal holatga tushguniga qadar qoldiq gaz yetkazib berildi. Natijada ishlarni tungi paytda bajarishga to‘g‘ri keldi. Shunday bo‘lsada, rejalashtirilgan ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi.

