jins

Uztransgaz

25.04.2023


Mashqlar favqulodda ro‘y bergan tabiiy hamda texnogen xususiyatli vaziyatlarda ishchi-xizmatchilarni va obyektni himoya qilish tadbirlarining bajarilishini sinovdan o‘tkazishga bag‘ishlandi. Obyekt rahbariyati tarkibi, Fuqaro muhofazasi shtab aʼzolari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibini har qanday vaziyatda asosli qaror qabul qilish va samarali harakatlanishining sinovi bo‘lgan mashg‘ulotda - 7 balli yer silkinishi natijasida yetgan talafot, xom ashyo omborida sodir bo‘lgan yong‘in, hodisada yengil va og‘ir tan jaroxati olgan 3 nafar ishchi-xizmatchiga birinchi yordam ko‘rsatish, jumladan magistral gaz quvurdagi yong‘inni тez fursatda bartaraf etish va quvurni taʼmirlash jarayonlari amalda ko‘rsatildi. Viloyat FV boshqarmasi vakillari o‘quv mashg‘uloti davomida bajarilgan harakatlarning yutuq va kamchiliklarini holis baholadilar.

Возврат к списку