jins

Uztransgaz

26.02.2026

photo_2026-02-26_12-48-21.jpg

Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan gaz transport tizimining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida navbatdagi texnik tadbir amalga oshirildi. "Xovos–Farg‘ona" magistral gaz quvurining Rishton tumani hududidan o‘tuvchi uchastkasida porshen o‘tkazish uchun yangi quvur montaj qilinib, amaldagi quvurga texnologik ulash ishlari bajarildi. Loyiha doirasida "Xovos–Farg‘ona" magistral gaz quvuridagi porshen yuborish uzeli diametri 720 mm bo‘lgan «So‘x–Namangan» magistral gaz quvuriga ko‘chirildi.

Mazkur texnik yechim natijasida "So‘x–Namangan" yo‘nalishining 61 km uchastkasi hamda "Rishton–Aylanma" magistral gaz quvurida porshen orqali ichki yuzasini tozalash va ichki diagnostik nazorat ishlarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bu esa magistral gaz quvurlarining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish, korroziya va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

photo_2026-02-26_12-48-22.jpg

Возврат к списку