Farg‘ona vodiysining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida qo‘shimcha 22 km magistral gaz quvuri qurildi.
Uztransgaz
06.09.2025
Bir necha oy mobaynida qariyb 100 nafar ishchi-xodim va 60 dan ziyod maxsus texnika kunu tun faoliyat yuritdi. Ko‘p oylik mashaqqatli mehnat o‘z samarasini bermoqda: hozir mutaxassislar quvurni asosiy tarmoqqa ulash ishlarini olib borishmoqda va tez orada bu muhim bosqich to‘liq yakunlanishi kutilmoqda.