Farg'onada “Ма'naviyat forumi” bo'lib o'tdi
Uztransgaz
01.11.2021
"O'ztransgaz" AJ hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi hamkorligida Farg'onada “Ма'naviyat forumi” bo'lib o'tdi. Farg'ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi, Shimoliy So'x vа Xo'jaobod gazni yer ostida saqlash inshooti xodimlari ishtirokidagi tadbirda o'zbek tilining huquqiy va ma'naviy asoslari haqida so'z bordi.

"O'ztransgaz" AJda so'nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar haqida hikoya qiluvсhi film namoyish qilindi. Yig'ilganlarga kitoblar sovg'a qilindi.

Farg'ona MGQBda yoshlar uchun qurilgan futbol maydonining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Boshqarma bo'limlari o'rtasida stol tennisi va futbol musobaqalari o'tkazildi. G'oliblar taqdirlandi.

Forum ishtirokchilari XX asr o'zbek she'riyatining yirik namoyandasi Erkin Vohidovning Oltiariq tumanida joylashgan Uy-muzeyini ziyorat qilishdi. Shoir asarlari bilan yana bir bor tanishishdi.

"Mehrigiyo" majmuasiga tashrif ham tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.