“Favqulodda vaziyatlarda obyekt rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari”
Uztransgaz
29.12.2023

Muborak MGQBda shu mavzuda maxsus taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Tadbirda zilzila tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyat haqida rahbariyatga va tegishli xizmatlarga axborot yetkazish, obyekt fuqaro muhofazasi shtabi hamda tuzilmalari, qo‘riqlash xizmati, yong‘inga qarshi kurash tarkiblarini “Yig‘in” signaliga ko‘ra tayyor holga keltirish va saf ko‘rigi harakatlari bajarildi.

Zilzila natijasida yuz bergan yong‘in oqibatida jarohatlanganlarni qutqarish, tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inni bartaraf etish, xizmat binosida jarohatlanganlarni qutqarish, tibbiy yordam ko‘rsatib xavfsiz hududga ko‘chirish bo‘yicha harakatlar amalga oshirildi. Tadbir yuzasidan muhokama o‘tkazildi va baholandi.




