jins

Uztransgaz

20.03.2025

Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof - muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga va odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan avariya, tabiiy xodisa, yoki boshqa ofat natijasida yuzaga keladigan holat. 

Bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish va fuqaro muhofazasiga har tomonlama shay holda turish esa "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi korxonalar uchun muhim zarurat. Tarkibiy tuzilmalarda bu yo‘nalishdagi ishlar aloqador tashkilotlarning kuch va vositalaridan foydalangan holda yo‘lga qoyilgan. Respublikamizda davom etayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida bu boradagi ishlar yana bir tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan saf ko'rigi oylik doirasidagi tadbirlardan biri bo‘ldi. Unda boshqarmaning fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda hamkor tashkilotlarning maxsus texnikalari, kuch va vositalari ko'zdan kechirildi.

Возврат к списку