G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan "BGR-TBA-A" magistral gaz quvurida ta'mirlash ishlari bajarildi.
Uztransgaz
04.09.2024

G‘allaorol MGQB tomonidan "BGR-TBA-A" magistral gaz quvurining 2-tarmoq 302-kilometrida ta'mirlash ishlari bajarildi. Xususan, diametri 1020 mm bo‘lgan yuqori bosimli gaz quvurining gidrosinov natijasida aniqlangan 165 metr nuqsonli qismi almashtirildi. Bu o‘z navbatida tarmoqning ishonchliligiga xizmat qiladi.



