G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli "KS-3B gaz siquv stansiyasi" bir maromda ishlamoqda
Uztransgaz
13.12.2022
Hovos tumanida joylashgan 1976-yilda ishga tushirilgan stansiyaning loyihaviy sutkalik maksimal gaz haydash quvvati 131 mln kub metrni tashkil qiladi. Stansiyada 13 ta elektr va avia uzatmali gaz haydash agregati (GHA) mavjud. Ular yordamida Sirdaryo viloyati,Toshkent shahri va viloyati hamda Ohangaron KSga tabiiy gaz uzatib kelinmoqda. GHAlarning 2 tasi zaxirada, 1 tasi dvigatelida nuqsoni aniqlanganligi uchun rejadan tashqari taʼmirlashga chiqarildi. Ichki imkoniyatlardan foydalanib taʼmirlanayotgan GHAni tez kunda ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda. (Nosozlikka sabab kirish bosimining pasayishi tufayli GHAning zo‘riqib ishlashi natijasidir).

Shu kunlarda stansiyadagi mavjud 12 ta GHA yordamida (magistral gaz quvuridagi kirish bosimi 20 kgs/sm2 bo‘lganda) tabiiy gaz taʼminotini uzluksiz amalga oshirish imkoniyati bor. (12 dekabr holatiga magistral gaz quvurida kirish bosimi 17,1 kgs/sm2, chiqish 26,1 kgs/sm2 ni tashkil etdi).

KS-3B stansiyasiga Muborak-Yangiyer, Paxtakor-Yangiyer magistral gaz quvurlari orqali tabiiy gaz kirib keladi. KS-3B stansiyasidan ayni paytda DBST,Yangiyer-Toshkent va Yangiyer-Ohangaron magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz chiqarilmoqda.

2023-yilda KS-3B stansiyasini modernizatsiya qilish ishlari rejalashtirilgan. Modernizatsiyadan so‘ng uning o‘tkazish quvvati hozirgiga nisbatan qariyb 2 barobarga ortadi.