jins

Uztransgaz

28.03.2022

Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasida o'quv mashg'ulotlari o'tkazilyapti. Boshqarmadagi 0-kompressor stansiyasining B sеxida bo'lib o'tgan mashg'ulot "Gaz haydash agregatining turbo blokidagi shovqin" mavzusida bo'lib, uning davomida agregatdagi nosozlikni bartraf etish choralari ko'rildi. 

Amaliy mashg'ulotda muhandis-texnik хodimlar agregatni vaqtincha to'xtatib shovqin kelib chiqishining sabablarini o'rgandi. Avariya holatini bartaraf etish va texnik soz holatga keltirish jarayonida qanday harakat qilinishi sinab ko'rildi. Mashg'ulotlar fuqaro muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo'limlarining mas'ullari tomonidan kuzatib borildi va ijobiy baholandi.  

Возврат к списку