Gaz quvurlarini elektr kimyoviy himoya qilish sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Uztransgaz
29.11.2024
2024-yil 28-noyabr kuni Perm shahrida IX Perm muhandislik-sanoat forumining asosiy tadbirlari start oldi. Ikki kun davomida 40 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2024-yil 29-noyabr kuni forum doirasida muhim hamkorlik kelishuvi imzolandi. Tadbirda "O‘ztransgaz" AJ hamda elektr kimyoviy himoya uskunalarini ishlab chiqaruvchi "PSS Eksport" MChJ o‘rtasida hamkorlik haqidagi bitim imzolandi.
Ushbu kelishuv “O‘ztransgaz” Ajga gaz quvurlarini ishonchli va xavfsiz ekspluatatsiya qilish uchun zamonaviy elektr kimyoviy himoya texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi. Shuningdek, bu ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish va infratuzilmaning xizmat muddatini uzaytirishga yordam beradi.