jins

Uztransgaz

14.03.2023

G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli "Yangi hayot" GTSda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilyapti. 1999-yilda ishga tushirilgan bu stansiya BGR TBA-A MG quvuri III tarmog'iga ulangan bo‘lib, o‘tkazuvchanlik quvvati soatiga 73 ming m3 ni tashkil etadi. 

Stansiya orqali Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani aholi punktlariga, sanoat korxonalariga va sement ishlab chiqaruvchi "HUAXIN" (O‘zbekiston-Xitoy) qo‘shma korxonasiga tabiiy gaz yetkazib beriladi. "Yangi hayot" GTSdagi rekonstruksiya ishlarini  tez kunlarda yakunlashga harakat qilinmoqda. Rekonstruksiya tadbirlari boshqarmaning Loyihalash-kapital qurilish xizmati tomonidan ichki imkoniyatlardan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. 

Umuman olganda bu yil "G‘allaorol" MGQBga qarashli 11 ta GTSni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Hozirgacha 2 ta stansiyadagi ishlar yakunlandi.


Возврат к списку