jins

Uztransgaz

09.11.2022


Jurnalistlar  "O‘ztransgaz" AJ ga qarashliGTSlar faoliyati bilan tanishish asnosida Toshkent va Nurafshon shaharlari, Bektemir tumani aholisini va ulgurji isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlash imkoniyatlarini ko‘zdan kechirmoqdalar. Press-tur davomida “O‘rta saroy”, “Bektemir” va “Toshkent-2”  gaz taqsimlash stansiyalarida bo‘lishl ko‘zda tutilgan. 

Mazkur stansiyalar o‘tkazuvchanlik quvvati va ahamiyati jihatidan muhim o‘rinda turuvchi muhandislik inshootlari hisoblanadi. Tur davomida stansiyalarning kuz-qishga tayyorgarlik holati, yo‘lga qo‘yilgan yangiliklar  jurnalistlar diqqat-markazida bo‘lmoqda. Bu stansiyalarga “O‘ztransgaz” AJ Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.



Возврат к списку