"Gaz taqsimlash stansiyasining eng yaxshi operatori" respublika tanlovi yakunlandi
Uztransgaz
18.11.2024
Bilim va malaka sinovlarini o‘tkazishda o‘ziga xos platforma sifatida birinchi marta tashkil etilgan tanlovga "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi tarkibiy tuzilmalarda mehnat qilayotgan 17 nafar operator ishtirok etdi.

Operatorlar tanlovi ular uchun o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, hamkasblar bilan tajriba almashish imkoniyati sifatida ham yodda qoladigan bo‘ldi. Tadbir yakunida yig‘ilgan ballar hisoblab chiqildi. Hakamlar xulosasiga ko‘ra:
Zaung‘ur magistral gaz quvurlari boshqarmasi operatori Sirojiddin Nurmetov eng yuqori o‘ringa loyiq ekanini ko‘rsatdi. Qo‘ng‘irotlik Nadira Tajimuratova hamda Zirabuloqlik Jasurbek Raimovlar esa kuchli uchlikdan o‘rin oldi.
Ayrim jihatlari bilan eʼtiborga tushgan mutaxassislar ham turli nominatsiyalarga ko‘ra eʼtirof etildi.

Tanlovni anʼana tusida davom ettirishga kelishib olindi.