Gaz tarmog'i har qanday ob-havo sharoitida doimiy nazorat ostida
Uztransgaz
13.12.2022

Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasining Gaz tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xizmati muhandis hamda tarmoq nazoratchilari magistral gaz quvurlarining o'zlariga biriktirilgan uchastkalari va berkitish moslamalari bo'ylab kunlik nazorat ishlarini davom ettirmoqda.


