Gaz transport tizimi obʼektlari kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyormi?
Uztransgaz
13.09.2021
“Oʼztransgaz” АJ Boshqaruv raisining birinchi oʼrinbosari M.Najmitdinov rahbarligida oʼtkazilgan video konferensiyada asosiy eʼtibor shu savolga qaratildi. Boshqaruv apparati masʼullari va tizim korxonalarining rahbarlari ishtirokida o'tgan yigʼilishda gaz transport tizimi obʼektlarini 2021-2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo'yicha tadbirlarning borishi, 2021 yilda tabiiy gazni magistral gaz quvur inshootlari orqali transportirovka qilish va isteʼmolchilarga yetkazib berishda mavjud prognozlarga rioya etilishi haqida soʼz bordi.

GTSlarni kapital taʼmirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, yangidan qurish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati, magistral gaz uzatish tizimiga toʼgʼridan-toʼgʼri ulangan isteʼmolchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun yuzaga kelgan qarzdorlikni soʼndirish ishlarining ahvoli tahlil qilindi.