Gaz transport tizimida bajarilgan ishlar – 2022-yil Ⅰ yarim yillik sarhisobi
28.07.2022
2022-yil mart oyida “O‘ztransgaz” AJ gaz transport tizimi inshootlarini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha tizim korxonalari kesimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi.
Shu asosda tizimda joriy yil iyun oyi oxiriga qadar qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, magistral gaz quvurlarning 2 008 km uchastkasida 67,4 km nuqsonli qismlarni kapital ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 4,2 km (6,23 foiz) kapital ta’mirlandi. Kapital ta’mirlash ishlari rejadagidan sezilarli kam bajarilishi shartnoma bo‘yicha ko‘zda tutilgan zaruriy po‘lat quvurlarning kelishi - moliyalashtirishga bog‘liq holda kechikayotgani bilan izohlanadi.
7,9 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

2022-yil Ⅰ yarmida magistral gaz quvurlarning nuqsonli uchastkalarini ta’mirlash vaqtida mazkur uchastkalardagi tabiiy gaz qoldig‘ini ko‘chma kompressor va gaz taqsimlash stantsiyalari orqali olingan va jami 7,9 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilingan. Rejadagi 2 200 km magistral gaz quvurining 1 338 km (60,81 foiz) uchastkasida porshen orqali tozalash ishlari bajarildi. Bundan tashqari, magistral gaz quvurlarning texnik holatini o‘rganish maqsadida, 502 km (reja 1104 km) (45,47 foiz) uchastkasida quvurning ichki yuzasining diagnostikasi bajarilmoqda.
Shuningdek, rejaga muvofiq, magistral gaz quvurlarida quyidagi ishlar ham amalga oshirilgan:
- magistral quvurlarning texnik holatini tekshirish uchun 2 026 dona (90,2 foiz) (reja 2 246) shurf ishlari bajarildi;
- magistral quvurlarning yer ustidan o‘tgan 488 ta (70,93 foiz) (reja 688) joyda yer ostiga kirish va yer yuzasiga chiqish qismlarining izolyatsiya qoplamasining holati tekshirilib ta’mirlandi;
- magistral gaz quvurlarining liniya qismidagi berkitish moslamalarining 863 tasi (66,48 foiz) (reja – 1 298) taftish qilindi;
- magistral gaz quvurlarning sel oqimi yuvib ketishi va cho‘l hududlarida shamol natijasida ochilib qolgan 12 714 metr (67,55 foiz) qismi izolyatsiya qilinib ko‘mib chiqildi (reja- 18 820 metr);
- magistral gaz quvurlarning avtomobil va temir yo‘l bilan kesishgan qismidagi himoya g‘iloflarining 699 tasida (reja 986) kirish - chiqish joyining texnik holati (70,89 foiz) tekshirildi.

Gazni o‘lchash stantsiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar esa navbatdagi ma’lumotlarda o‘z aksini topgan.
- 18 ta gazni o‘lchash stantsiyalaridagi kirish va chiqish quvurlarining izolyatsiyasi (41,86 foiz) tekshirildi (reja - 43 ta);
- taftishdan o‘tkazish rejalashtirilgan - 344 ta regulyatordan 108 tasi (31,39 foiz) taftishdan o‘tkazildi.
Gaz taqsimlash stantsiyalari bo‘yicha:
- 416 ta gaz taqsimlash stantsiyalarining kirish va chiqish quvurlari izolyatsiyasi tekshirilishi ko‘rsatkichi 222 tani (53,36 foiz) tashkil etadi;
- 218 ta tozalash filtrlari va o‘lchov majmualari drenaj tizimlari (52,40 foiz) tekshirildi (reja - 416 ta);
- 3 133 ta berkitish moslamasi (50,4 foiz) taftishdan o‘tkazildi (reja 6 216 ta);
- 120 ta (60 foiz) berkitish moslamalari ta’mirlandi (reja - 200 ta);
- 680 ta regulyator (47,55 foiz) taftishdan o‘tkazildi (reja - 1 430 ta);
- 65 ta gaz isitish qurilmasi (54,62 foiz) taftishdan o‘tkazildi (reja - 119 ta);
- 578 ta odorantlash bloki (57,45 foiz) taftishdan o‘tkazildi (reja - 1006 ta).

Elektr kimyoviy himoya vositalari bo‘yicha joriy yil birinchi yarim yilligida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
- elektr kimyoviy himoya vositalarining 812 dona (52,55 foiz) katodli himoya uskunalari (reja – 1545 dona);
- 253 dona (57,89 foiz) OMP va KTP (25-160 kVA) transformatorlari (reja – 437 dona);
- 0,24 kV; 0,4 kV; 6 kV; 10 kV.lik 653,23 km (49,76 foiz) elektr uzatish havo liniyalari (VL) (reja – 1312,7 km);
- 29 dona (23,57 foiz) tashqi o‘rnatilgan liniyali ajratgichlari (RLND) (reja – 123 dona) joriy ta’mirlandi.

Qayd etish kerak, isitish mavsumi boshlanguniga qadar rejada ko‘zda tutilgan tadbirlarning qolgan qismlarini amalga oshirish choralari ko‘riladi.