Gaz transport tizimida rejali ta‘mirlash ishlari
Uztransgaz
04.06.2025
"Urganchtransgaz” unitar korxonasi tomonidan "Gazli-Nukus" magistral gaz quvurining 1-tarmog‘i 188-238-kilometrlari orasidagi nuqsonli qismlar almashtirilmoqda. Mavjud nuqsonlar tarmoqda o‘tkazilgan quvur ichki yuzasini diagnostika qilish tadbiri davomida aniqlangan edi. Tunu kun tartibida olib borilayotgan bu ishlar natijasi tarmoq bo‘ylab tabiiy gaz o‘tkazish samaradorligiga xizmat qiladi.

