Gaz transporti tizimidagi kompressor stansiyalarining joriy texnik holati to‘g‘risida “O‘ztransgaz” AJ axboroti
Uztransgaz
13.12.2022
Umuman olganda, “O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi gaz transport tizimida jami 22 ta kompressor stansiyasi (keyingi o'rinlarda - KS) va stansiyalarning 43 ta sexida 232 ta gaz haydash agregati (keyingi o‘rinlarda - GHA) mavjud.
Gaz transport tizimining ishlash rejimiga ko‘ra, tabiiy gazni transportirovka qilishda 10 -12 ta KSdan (2022-yil 10-dekabr kuni 10 ta KSdan foydalanildi) va 50 -60 ta GHAdan foydalanilmoqda (2022-yil 10-dekabr kuni gaz transport tizimida 52 ta GHAdan foydalanildi). Qolgan KSlar zarurat yo‘qligi sababli zaxirada turibdi.
GHAni ishga tushirish yoki to‘xtatish transportirovka qilinadigan tabiiy gaz resursi hajmidan kelib chiqqan holda “O‘ztransgaz” AJ Markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik departamenti ko‘rsatmasi bilan GHAlarning texnik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
“O‘ztransgaz” AJning KSlaridagi zarur uskunalarining asosiy parki 1963-1985 yillarda foydalanishga topshirilgan (uskunalar parkining 69 % o‘z moto-resursini 2 martadan ko‘proq ishlagan) bo‘lishiga qaramay, tizimdagi GHAlarning texnik holati va samaradorligini saqlab qolish hamda gaz transport tizimining bir maromda ishlashini taʼminlash bo‘yicha o‘z vaqtida tegishli ishlar bajarildi.
Jumladan, 2022 yilda:
-35 ta GHA mukammal,
-36 ta GHA o‘rta,
-18 ta GHA joriy taʼmirlandi,
-6 ta NK-12ST rusumli gaz turbinali dvigatelni mukammal taʼmirlash bo‘yicha shartnoma imzolandi (shundan 4 ta ishga tushirildi, 2 tasi 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar ishga tushirilishi kutilmoqda);
-NK-16-18ST rusumli 1 ta gaz turbinali dvigatelni kapital taʼmirlandi (“Ohangaron” KSda shu kunlarda ishga tushiriladi, KSda 3 ta agregat bo‘lib, 2 GHA ishchi holatida va bu tabiiy gazni o‘tkazishga yetarli);
-LM-1600 rusumli gaz turbinali dvigatel (“Xo‘jaobod” KSda) mukammal taʼmirlandi.
Bu bilan, gaz transport tizimining bugungi holati - respublika iste'molchilariga yetkazib berilayotgan tabiiy gazni belgilangan yo'nalishlar bo'yicha transport qilish uchun yetarli imkonga ega ekanligini ma'lum qilamiz.