Gaz transporti tizimining texnik imkoniyatlarini yaxshilash va barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar
Uztransgaz
20.02.2026
Shu kunlarda Akchalok magistral gaz quvurlari boshqarmasi kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregatlarini alohida rejimda ishlatish imkoniyatini yaratish maqsadida texnologik kommunikatsiyalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Loyiha doirasida diametri 720 va 1020 mm bo‘lgan 100 metrdan ortiq yangi tarmoq montaj qilindi. Quvur izolyatsiya qilinib, foydalanishga tayyor holatga keltirildi.

Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish uchun tunu kun tartibida ish tashkil etildi. Bu tadbir tizim ishonchliligini ta'minlash va gaz uzatish jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.