Gaz va elektr energiyasi tejaladi
Uztransgaz
02.11.2022
2022/2023-yillar kuz-qish mavsumida 2 mlrd 324 mln kub metr tabiiy gaz, 2 mlrd 440 mln kVt.s elektr energiyasini tejash imkoniyati mavjud. Bu haqda Energetika vaziri J.Mirzamahmudov Prezident Shavkat Mirziyoyevga qilgan taqdimotida ma’lumot berdi.
Jumladan, iqtisodiyotning 20 ta real sektori hamda yirik sanoat korxonalari maksimum soatlarda ish rejimini o‘zgartirish; ta’mirlash ishlarini kuz-qish davomida amalga oshirish hamda ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish hisobiga 2 mlrd 161 mln kub metr tabiiy gaz va 2 mlrd 220 mln kVt.s elektr energiyasini tejash imkoni paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, mavsumiy faoliyat yurituvchi iste’molchilarga bahor mavsumiga qadar energiya resurslarini etkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Ishlab chiqarish texnologiyasini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish hisobiga 67,5 mln kub metr tabiiy gaz va 86,4 mln kVt.s elektr energiyasini tejash mumkin.
2 154 km elektr, 54 km gaz tarmoqlari, 665 dona transformator, 299 ta gaz taqsimlash punktlari, Navoiy Azot, O‘zbekneftgaz, Sirdaryo IES, Toshkent IES hamda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarda modernizatsiya ishlari amalga oshiriladi. Tejalgan tabiiy gaz hisobiga 44,6 mlrd so‘m, elektr energiyasi hisobiga 38,9 mlrd so‘m iqtisod qilinadi.
Qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish natijasida 64,7 mln kub metr tabiiy gaz va 88,6 mln kVt.s elektr energiyasini iqtisod qilish mumkin. Bu maqsadga kommunal xo‘jaliklari va yirik sanoat korxonalari qozonxonalarini modernizatsiya hamda rekonstruktsiya qilish orqali erishiladi. Tejalgan tabiiy gaz hisobiga 42,7 mlrd so‘m, elektr energiyasi hisobiga 39,9 mlrd so‘m iqtisod qilinadi.