jins

Uztransgaz

04.03.2020


“O‘ztransgaz” Aksiyadorlik jamiyatining Kompressor stansiyalarini ekspluatatsiya qilish departamenti tomonidan gaz transport tizimining kuz-qish davrida uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida belgilangan reja asosida tayyorgarlik ishlari olib borilyapti.

Jamiyat va magistral gaz quvurlari boshqarmalarining malakali yetakchi xodimlari yosh mutaxassislar bilan birgalikda ichki imkoniyatlarga tayangan holda Jizzax viloyati G‘allaorol MGQBga qarashli “Yangier” kompressor stansiyasida 2015 yildan buyon ta’mir talab bo‘lgan aviadvigatel mukammal ta’mirlandi. 6 avgust kuni stansiyaning gaz xaydash agregatiga o‘rnatildi va 72 moto soatli sinov muddati a’lo darajada o‘tdi. Reglament ishlariga asosan diagnostik tekshiruv o‘tkazildi va gaz trasport tizimida uzluksiz ishlatilishi uchun qabul qilindi. Ushbu aviadvigatel tabiiy gazni Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona vodiysi viloyatlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlashda hissa qo‘shmoqda.

Xuddi shu kabi texnik holatlar bilan to‘xtab turgan, ta’mirlash uchun zavodga jo‘natilishi ko‘zda tutilgan aviadvigatellarni ta’mirlash ishlari jamiyat tasarrufidagi boshqa korxonalarida ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, “Urganchtransgaz” Unitar korxanasiga qarashli “Gazenergik” ta’mirlash texnik ishlab chiqarish korxonasi tomonidan ham aviadvigatel ta’mirlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi chegara hududidagi “Karakalpakiya” kompressor stansiyasining gaz xaydash agregatiga o‘rnatildi. Hozirda ishga tushirish bo‘yicha yakuniy tadbirlar olib borilmoqda.

«O‘ztransgaz» AJ Axborot xizmati

Возврат к списку