“Газета.uz” saytida “Issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to‘plandi” mazmunida xabar e’lon qilindi. Energetika vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Uztransgaz
26.10.2022

25-oktabrda Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘ztransgaz” AJ hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi mas’ullari Toshkent, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mas’ullar tomonidan tadbirkorlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi va issiqxonalarning tabiiy gaz ta’minoti masalalari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, yaqin kunlarda mazkur masalalar va ularning maqbul yechimlari bo‘yicha Energetika vazirligida vazir bilan tadbirkorlarning uchrashuvini tashkil etishga kelishib olindi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati