“Gazli” GYOSI gaz saqlash hajmini oshirish loyihasi davom ettirilmoqda
Uztransgaz
24.01.2022
Joriy yilda “O‘ztransgaz” AJ tizimidagi “Gazli” gazni yer ostida saqlash inshootining gaz saqlash hajmini 10 milliard kub metrgacha oshirish bilan birgalikda gaz qatlamlari va neft hoshiyali qatlamlarini qo‘shimcha razvedka va qayta ishlash loyihasi" davom ettiriladi.

Loyiha doirasida “O‘ztransgaz” AJ va Rossiyaning “Forus” kompaniyasi ishtirokida taʼsis etilgan “Gazli Gas Storage” MCHJ “Gazli” konining mahsuldor qatlam gorizontlarida uglevodorodlarning qoldiq zaxiralarini, gaz qatlamlari va neft hoshiyali qatlamlarini qo‘shimcha qayta ishlashning potensial samaradorligini aniqlash maqsadida tadqiqot va qo‘shimcha razvedka ishlari olib boradi. Shu kunlarda qoldiq zaхiralarni qayta baholash va konning 3D modelini qurish uchun 3 ta baholash quduqlari burg‘ilangan. Inshoot hajmini kengaytirish uchun 23 ta quduqda burg‘ilash ishlari amalga oshiriladi. Bu bilan gaz omboridan olinadigan va qayta haydaladigan gaz hajmlari oshirishga erishiladi.